Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an “Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga yangi urinish” haqida so‘zladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShda Turkiyaning Halkbank banki direktori o‘rinbosari Mexmet Haqan Atilla ustidan o‘tayotgan sud jarayonida Turkiyada davlat to‘ntaruviga yangi urinishni ko‘rmoqda. Erdo‘g‘an bu haqda yetakchi partiyaning parlamentdagi fraksiyasi oldidagi nutqida aytib o‘tdi.
“15 iyulda davlatimizda davlat to‘ntaruvini amalga oshira olmaganlar, hozirda uni amalga oshirishning boshqa yo‘llarini qidirmoqdalar. AQShda hozirda Atilla ishi bo‘yicha olib borilayotgan jarayon – to‘ntaruvga urinishning siyosiy tashkil etuvchisi manzilidir”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Atilla AQShda 2017 yil mart oyida hibsga olingan. Ayblov tomonining ta'kidlashicha, Atilla turk-eron tadbirkori Rizo Zarrab bilan AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Eronga ko‘p million dollarlik tranzaksiyalarni tashkillashtirish uchun til biriktirgan. Zarrab bu bitim uchun Turkiya moliya vaziriga pora sifatida 50 mln dollar to‘laganini tan olgan. Shuningdek, u Erdo‘g‘anga qarshi ko‘rsatma bergan. Zarrabning aytishicha, Erdo‘g‘an hammasidan xabardor bo‘lgan. Kuni-kecha hakamlar sudi Atillani aybdor deb topgan, hukm 11 aprelda ma'lum qilinadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘luning aytishicha, AQSh Atillani muxolifatchi Fathulla Gulen tarafdorlari tashabbusi bilan hibsga olgan. Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bozdag esa Zarrab va Atillaga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni Anqaraga qarshi fitna deb atagan.
Turkiya hukumati 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada sodir etilgan to‘ntaruvga urinish ortida aynan Gulen turadi, deb hisoblaydi. Isyon bostirilgandan keyin Turkiyada 50 mingdan ko‘proq odam hibsga olingan, 140 ming davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatib yuborilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025