Jahon | 09:12 / 09.01.2018
5944
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Suriya muxolifatiga Bashar Asad bilan kelishishni tavsiya qildi  

Odil al-Jubayr. Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi Odil al-Jubayr dekabrda Suriya muxolifatiga sa'y-harakatlarini Suriya hukumati bilan harbiy qarama-qarshilikdan siyosiy kelishuvlarga qaratishni tavsiya qildi. Bu haqda Foreign Policy nashri ma'lum qildi. 

Nashrning Suriya muxolifati vakillari orasidan bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda ta'kidlashicha, al-Jubayr Suriya muxolif guruhlari yetakchilari bilan uchrashganda 29-30 yanvarda Sochida o‘tadigan kongressda Suriya prezidenti Bashar Asad hukumati bilan kelishishni taklif qilgan. Uning fikricha, bu muxolifatga Suriyada siyosiy o‘tish bo‘yicha amaldagi tuzum bilan kelishuv tuzishda muayyan ustunliklarni beradi.

Vazir, shuningdek, Ar-Riyod muxolifatga harbiy ko‘makni qisqartirmoqchiligidan ogohlantirgan. 

Nashrning yozishicha, muxolifat AQShning harbiy ko‘magidan mosuvo bo‘lgan.

“Saudiya Arabistonining pozitsiyasi BMT rahbarligida Jyenevada o‘tayotgan 5 yillik jarayon bilan muvaffaqiyatli raqobat qilayotgan Rossiya diplomatiyasining Suriyaning urushdan keyingi kelajagini belgilash masalasida muvaffaqiyatini ta'kidlaydi”, deyilgan nashrda.

Maqola muallifining aytishicha, Suriya AQSh diplomatiyasining ushqoqmasligiga misol bo‘la oladi. “AQSh bu masalada Rossiyaga yutqazdi”, deb aytgan muallif.

Nashr, shuningdek, AQShning IShIDga qarshi kurashuvchi koalitsiyadagi sobiq vakili general Jon Allenning so‘zlarini keltirib o‘tgan. Generalning fikricha, AQSh urushdan keyingi Suriyada muhimroq rol o‘ynashni istasa-da, uning bu masalada uyushqoqmasligi uni bunday imkoniyatdan mahrum qildi.    

“Siyosiy yo‘nalish katta darajada ruslar tomondan yo‘naltirilmoqda. Afsuski, hozirda AQShda bu jarayonda yetakchilik qilish yoki ishtirok etishga imkoniyatlar juda kam”, deb aytgan general.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid