Jahon | 14:10 / 10.01.2018
27839
1 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda militsiya Rossiyaga ko‘chib o‘tishni xohlagan odamlarni haydab soldi

Tojikiston poytaxti militsiyasi xodimlari RF IIVning migratsiya masalalari bo‘yicha Dushanbe shahridagi vakolatxonasi yonida tartibsizliklar ro‘y berishiga yo‘l qo‘yishmadi.

8 yanvarga o‘tar kechasi bino oldida Rossiyaga ko‘chib o‘tish haqida ariza topshirmoqchi bo‘lgan 2,5 mingga yaqin kishi yig‘ilgan. «Vaziyat nazoratdan chiqdi, biz militsiya xodimlarini chaqirishga majbur bo‘ldik», - deya xabar berdi RF IIVning migratsiya masalalari bo‘yicha Dushanbe shahridagi vakolatxonasi matbuot kotibi Galina Aleksandrova.

Militsiya xodimlari tajovuzkor kayfiyatdagi ommani haydab solgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmadi. RF IIVning migratsiya masalalari bo‘yicha Dushanbe shahridagi vakolatxonasi yopib qo‘yildi. Bino oldida militsiya xodimlari navbatchilik olib bormoqda.

Galina Aleksandrovaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiyaga ko‘chib o‘tishni xohlovchilar faqatgina vakolatxonaning veb-sayti orqali ariza yuborishlari mumkin.

Mavzuga oid