Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik ayol poyezdga kechikayotgan eri sabab stansiyada janjal ko‘tardi
Xitoyning Xefey shahrida maktab o‘qituvchisi tezyurar poyezd eshiklarini to‘sib, kechikayotgan eri sabab uning ketishiga yo‘l qo‘ymadi. South China Morning Post shu haqida xabar berdi.
Voqea Guanchjou tomon harakatlanayotgan poyezdda sodir bo‘lgan. Rolikda ayolning farzandi ko‘z oldida stansiya xodimlari bilan bahslashayotganini ko‘rish mumkin. U eri yetib kelgandan keyingina poyezd eshiklari oldidan ketishini aytadi.
Bir muddat uni perronga siltab chiqarishadi. Ayol yerga yiqiladi va so‘nggi lahzalarda eshiklarning yopilishiga yo‘l qo‘ymaydi, hammasi yana qaytadan boshlanadi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, er-xotin vokzalni adashtirib qo‘yishgani sabab poyezdga kechroq kelishgan. O‘qituvchi ayol va qizi poyezdga o‘z vaqtida yetib kelishga ulgurishadi, erini esa chiptalar tekshiriladigan punktda ushlab qolishadi.
Oxir-oqibat butun oila poyezdga qo‘yiladi. Biroq ushbu video Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida virus kabi tarqalganidan so‘ng ayol Xefeydagi maktabdan ishdan chetlatiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025