Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qisqartirilgan YPX postlarida ishlaganlar qayerga o‘tkaziladi?
Respublikada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijrosi uchun mas'ul bo‘lgan probatsiya xizmatini joriy qilish ko‘zda tutilyapti. Bu haqda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan, deb yozmoqda "Xalq so‘zi" nashri.
Xo‘sh, probatsiya xizmati nima o‘zi? U ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan, shu jumladan shartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini ro‘yobga chiqarish borasida ishlar samaradorligini oshirish hisoblanadi. Shu bo‘yicha ishlab chiqilishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida ana shu jihatlar belgilab qo‘yiladi. Probatsiya xizmati shaxsiy tarkibini esa qisqartirilayotgan yo‘l-patrul xizmati postlari shtat birliklari hisobidan shakllantirish nazarda tutilmoqda.
Bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar shu yil 20 noyabr sanasiga qadar ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:27 / 07.08.2024
Probatsiya nazoratidagi shaxsga elektron braslet qo‘llanadi
11:45 / 31.01.2024