Jamiyat | 12:55 / 10.01.2018
8558
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident Murojaatnomasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

9 yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda prorektorlar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Unda universitet rektori G‘anisher Rahimov davlat rahbarining parlamentga murojaatnomasi haqida batafsil ma'lumot berdi.

«Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yurtimiz jamoatchiligi tomonidan mamlakatimizning demokratik rivojlanishi sari dadil qadam, deb e'tirof etilmoqda. Murojaatnomada har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalar, topshiriqlar, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillardan kelib chiqqan. Murojjatnomada Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham alohida e'tibor qaratildi. 2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Biz mana shunday murojjatni albatta qo‘llab-quvvatlashimiz hamda fidoiylik bilan murojaatda keltirilgan topshiriqlarni bajarishimiz shart», degan rektor.

Shundan so‘ng prorektorlar ham murojaat bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

«Tadbirning qizg‘in bahs-munozarlarga boy kechgani professor-o‘qituvchilarning mazkur murojaatga, yurtimizda kechayotgan jarayonlar va amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy munosabatini ko‘rsatib berdi», deya xabar qiladi universitet matbuot xizmati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid