Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yozda Yevropaga tank brigadasini yuboradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Yevropaga 2018 yilning yozida Yevropadagi o‘z kuchlarining rotatsiyasi doirasida 1-kavaleriya diviziyasi tarkibiga kiruvchi 1-tank brigadasini yuboradi. Bu haqda AQShning NATOdagi missiyasi payshanba kuni ma'lum qildi.
"Amerika armiyasi Yevropaga 2018 yilning yozida 1-tank brigadasini yuboradi. U Texasning Ford-Xudida joylashtirilgan 1-kavaleriya divizitsiyasi tarkibiga kiradi hamda bu Atlantic Resolve amaliyoti kuchlarining navbatdagi rotatsiyasi doirasida yuz beradi", - deyiladi NATO missiyasi bayonotida.
Atlantic Resolve amaliyoti 2014 yilning aprelida ishga tushirilgan. AQSh va NATO rasmiy izohiga ko‘ra, uning maqsadi – Qrimning Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng, Sharqiy Yevropa mamlakatlarining “o‘ziga ishonchini tiklash”. AQSh quruqlikdagi kuchlari amaliyot doirasida Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ruminiya, Bolgariya va Vengriyadagi mashqlarda qatnashmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025