Sport | 20:49 / 11.01.2018
18360
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu fanatlar va jurnalistlarni alday olmadi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z shaxsiga nisbatan haddan ziyod katta e'tibor tufayli ozor chekmoqda.

The Mirror xabariga ko‘ra, futbolchi Madrid restoranlaridan birida ovqatlanib olganidan so‘ng, boshiga sharf o‘ragan holda, bildirmasdan uni tark etishga urinib ko‘rgan. Biroq, poylab turgan fanatlar va jurnalistlarga bu narsa uni tanib olishlari uchun halal bermagan. 

Shundan so‘ng, Krishtianu Ronaldu ba'zi muxlislar bilan suratga tushishga majbur bo‘lgan. Biroq, boshidagi sharfni yechmasdan voqea joyini tark etgan.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid