Jahon | 16:40 / 11.01.2018
24157
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishida «muhim tashkilotchi» bo‘lgan shaxs topildi

Foto: TASS

Turkiya politsiyasi mamlakatda taqiqlangan FeTO terrorchilik guruhiga yaqin bo‘lgan shaxsni Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumonlab hibsga oldi. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatdi.

Gumonlanuvchi FeTOga aloqadorlik uchun qamoqqa olinib bo‘lingan, endilikda u elchining o‘ldirilishini tashkillashtirishda «muhim o‘rin»ga ega bo‘lgani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, u ByLock shifrlangan xabarlar bilan almashishga mo‘ljallangan ilovadan foydalangan hamda davlat sektoridagi ishidan Turkiyada 2016 yilning yozida ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng bo‘shatib yuborilgan.

O‘tgan yilning 29 dekabr kuni Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi hibsga olingani ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid