Sport | 09:18 / 12.01.2018
7984
2 daqiqa o‘qiladi

“Borussiya Dortmund”ning 9 futbolchisi kabobdan zaharlandi

Foto: SparkRecipes

Germaniya chempionatining yetakchi jamoalaridan biri, Dortmundning “Borussiya” klubining 9 o‘yinchisi Ispaniyada mashg‘ulot yig‘ini vaqtida kabobdan zaharlandi. Ular tovuq go‘shtidan tayyorlangan kabob tanovul qilishgan. Shifokorlar ularga oshqozon grippi tashxisini qo‘yishgan.

Oqibatda darvozabanlar Roman Byurki va Roman Vaydenfeller hamda maydonda to‘p suruvchi o‘yinchilar Mark Bartra, Andre Shyurrle, Kristian Pulishich, Omer Toprak, Yakob Bruun Larsen, Nuri Shaxin va Dominik Rayman yotib davolanishlariga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, betob futbolchilarning barchasi 14 yanvarda Bundesliganing 18-turida “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishadi. Birinchi davra yakunlariga ko‘ra dortmundliklar “Bavariya”dan 13 ochko va “Shalke-04”dan 2 ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinni egallashmoqda. Klub qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yichagina “Bayyer”, “Leyptsig” va Myonxengladbaxning “Borussiya”sidan oldinda bormoqda.

Mavzuga oid