O‘zbekiston | 16:20 / 12.01.2018
8554
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident matbuot xizmati tizimli ravishda brifinglar o‘tkazadi

12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati qoshida Press Hall ilk tadbirini boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirdagi ilk spiker, prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov endilikda tizimli ravishda brifinglar o‘tkazilishini ma'lum qildi.

U bu loyiha prezidentning "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" g‘oyasidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilgani haqida gapirdi. 

"Brifinglar ikkita yunalishda olib boriladi: yangi qaror yoki farmon mazmuni sharhlab beriladi va barcha vazirlik, tashkilot hamda muassasalar rahbarlari tegishli sohada olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib boradi", deb ta'kidladi u.

Allamjonov tarixda ilk marta prezident matbuot xizmati xodimlarini OAV vakillariga tanishirtirib, "soyadagi kishilar" davri o‘tib ketganini bildirib o‘tdi. Xususan, sobiq Madaniyat vaziri Minhojiddin Hojimatov hamda Avazbek Hojimatov matbuot xizmatida sektorlar rahbarlari sifatida tanishtirildi.

Matbuot anjumani ayni vaqtda televideniyeda va prezidentning feysbukdagi sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Rustamovich Xolmuradov ma'ruza qildi. Ayni vaqtda u jurnalistlarning savollariga javob qaytarmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid