Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 260 dan ortiq davlat xizmatchisi ishdan haydaldi
Turkiya hukumati qator vazirlik va idoralar hamda Qurolli kuchlar tarkibidan 260 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda hukumat farmonida aytiladi, u juma kuni Resmi Gazete rasmiy nashrida e'lon qilindi.
Farmon qonun kuchiga ega, sababi respublikadagi favqulodda holat rejimi sharoitida chiqarildi hamda xodimlarni ishdan bo‘shatish uchun qo‘shimcha rasmiyatchiliklar talab etilmaydi: bu shaxslar ish o‘rinlarini 15 sutka davomida bo‘shatib qo‘yishlari lozim. Farmonda ta'kidlanishicha, bu "Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan davlatga qarshi deb topilgan terrorchilik tashkilotlariga yordam ko‘rsatayotgan, a'zolikka ega bo‘lgan yoki aloqalari bo‘lganlar"dir. Davlat televideniyesi, Moliya, Ta'lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat pochta xizmati, Oliy ta'lim bo‘yicha kengash xodimlari, shuningdek 50 ga yaqin harbiy xizmatchi ishdan haydaldi.
Hukumat terrorchilar foydasiga ishlayotgan va mamlakatdagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakat qilayotgan deb topilgan mintaqaviy telekanal hamda radiostansiyalarni ham yopdi. Bundan tashqari, farmon bilan 1,8 ming kishi reabilitatsiya qilindi, ular FeTO tashkiloti faoliyatini tekshiruvdan o‘tkazish doirasida turli davlat idoralaridan bo‘shatilgandi. Ularga ishga joylashish uchun tegishli idoralarning kadrlar departamentlariga murojaat etish uchun 10 sutka muddat taqdim etildi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025