Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik shahzoda ozodlikka chiqishga doir muzokaralarni boshladi
2017 yilning noyabrida Al-Valid bin Talal va yana o‘n shahzoda qo‘lga olingan edi, ular pul o‘marish va o‘z vakolatlarini suiste'mol qilishda ayblangandi. Reuters agentligining xabar qilishicha, bin Talalga qarshi ayblov e'lon qilinganidan so‘ng u Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan ozodlikka chiqishga doir muzokaralarni boshlagan. Biroq hukumat, xususan mamlakatning bosh prokurori shahzoda aytgan summaga rozi bo‘lmagan.
Al-Valid bin Talal Abd-ul Aziz ol Saud — Saudiya Arabistonining eng badavlat kishilaridan biri. 14 yanvar kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Bloomberg uning moliyaviy holatini 17,7 milliard dollarga baholagan. Shahzoda Kingdom Holding Co'ni boshqaradi. U qo‘lga olinganidan so‘ng kompaniya aksiyalari narxi pasayib ketdi, natijada Talalning boyligi 1,2 milliardga kamaydi. Hibsga olingunga qadar Bloomberg uning moliyaviy holatini 19 milliard dollarga baholagandi.
Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada gumon qilingan amaldorlar va qirollik oilasi a'zolaridan 800 milliard dollar musodara qilmoqchi. Umuman olganda, kampaniya doirasida 60 shahzoda va davlat tuzilmasi vakillari hibsga olingan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025