Tsirkda yo‘lbars va sher otga “tashlandi” (video)

Foto: Daily Mail
Xitoydagi sirklardan birida repetitsiya vaqtida yo‘lbars va sher otga hujum qildi. Ushbu holat tasvirlangan video Daily Mail tomondan namoyish qilindi.
Tsanchjou shahridagi sirkda olingan rolikda oq rangli ot unga hujum qilgan sher va yo‘lbarsni itqitib yuborishga harakat qilib, sahna bo‘ylab yugurib yurganini ko‘rish mumkin. Unga hayvon o‘rgatuvchilar yirtqichlarni savalab yordam berishga urinishadi. Ot onlardan birida yo‘lbarsni ustidan ag‘darishga muvaffaq bo‘ladi, biroq unga xippa yopishib olgan sher uni qo‘yib yuborishni aslo istamaydi. Bir necha daqiqalik olishuvdan keyin oxir natijada ot sirk xodimlari ko‘magi bilan tajovuzkor yirtqichlar changalidan qutula oladi.
Tsirk xodimlaridan birining ta'kidlashicha, shou mualliflarining g‘oyasiga ko‘ra, yirtqichlar maxsus egarda ot ustida yurishlari kerak bo‘lgan. “Yo‘lbars va sher otdan farqli, yirtqich hayvonlardir. Shu sababli ularning o‘zlarini bunday tutishlari tabiiy holdir”, deb aytgan sirk xodimi bamaylixotirlik bilan. Uning aytishicha, otga jiddiy zarar yetmagan, u “mayda jarohatlar” olgan.
Xitoylik internet foydalanuvchilar Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ushbu videoga tanqidiy izohlar qoldirishgan va sirkda hayvonlarga berahm munosabatda bo‘linishi yuzasidan hukumatga arz qilishlarini aytishgan.
Mavzuga oid

21:05
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025