Mercedes yangi Gelandewagen’ni ko‘rsatdi
Mercedes-Benz yangi avloddagi G-Class yo‘ltanlamasini rasman taqdim etdi. Avtomobilning keng ko‘lamli premerasi Detroytdagi avtosalonda bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Autonews.ru. Gelandewagen’ni ishlab chiqarish kompaniyaning Avstriyadagi zavodida yo‘lga qo‘yilgan. Yevropada yangilik shu yozdayoq sotuvga chiqishi kerak.
Yangi avloddagi G-Class avvalgi dizaynda qolgan. Shu bilan birga, yo‘ltanlamas o‘lchamlari o‘zgardi va 170 kilogrammga yengilroq bo‘ldi. Endilikda mashinaning uzunligi 4 716 mm.ni (+53 mm), kengligi esa - 1 880 mm.ni (+121 millimetr) tashkil etmoqda. Buning evaziga orqadagi yo‘lovchilar oyog‘i uchun joy 150 millimetrga oshdi.
Yo‘ltanlmas salmoqli oldingi va markaziy kuzov tirgaklariga ega. Bundan tashqari, Gelandewagen modernizatsiya qilingan ikki dastakdagi mustaqil oldingi ilgakka ega. Yo‘ltanlamas ramali konstruksiyani saqlab qoldi hamda uchta differensialga ega to‘la uzatmali transmissiyani oldi.
Yangi avloddagi Gelandewagen’da Command multimediya tizimining 12,3 dyuymli displeyga ega eng yangi versiyasi bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:52 / 15.06.2024
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
14:58 / 26.05.2024
Mitsubishi Fuso’dan BharatBenz’gacha – Mercedes-Benz yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi nechta kompaniyaga egalik qiladi?
18:27 / 10.02.2024
Toshkentda Mercedes-Benz qarzdorlik sabab auksionda sotiladi
17:56 / 18.11.2023