Ochiq osmon ostidagi dunyodagi eng katta kir yuvish joyi (fotojamlanma)
Hindistonning Mumbayidagi eng diqqatga sazovor joylardan biri – ochiq osmondagi kir yuvish joyi Dxobi Gxat bo‘lib, bu yerga har kuni yuzlab sayyohlar tashrif buyuradi. Bu joy o‘z turidagi dunyodagi eng kattasi hisoblanadi. Bu yerda restoranlar, shifoxonalar, tikuvchilik fabrikalari va mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatiladi.
Bu yerda kir yuvish texnologiyasi deyarli 1,5 asr davomida deyarli o‘zgarmagan: kir sovuq suv va sovun yong‘og‘i solingan bochkalarda ivitiladi, siqiladi, so‘ngra 20-30 marta urib tozalanadi. Kirlar qurigandan keyin ko‘mirda qizdiriluvchi dazmollarda dazmollanadi.
Bu kir yuvish joyi 19-asrning 90-yillaridan beri faoliyat yuritadi va 2018 yilga kelib uning maydoni 10 gektarga yetgan. Bu yerda dxobi – “erkak kir yuvuvchilar” qatlamidan bo‘lgan 7,5 ming erkak ishlaydi. Bu qatlam vakillari orasida kir yuvuvchi kasbi otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tadi.

















Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025