O‘zbekiston | 19:40 / 17.01.2018
28647
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Qaytadan qurilgan Qurolli kuchlar akademiyasiga sayohat

O‘tgan yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi. Davlat rahbarining 2017 yil 25 apreldagi qaroriga muvofiq, Qurolli Kuchlar Akademiyasi qayta tashkil qilindi.

Kun.uz muxbiri yangidan qurib bitkazilgan muzkur ta'lim maskaniga tashrif buyurdi. Quyida muxbirning Qurolli kuchlar akademiyasidan tayyorlagan maxsus fotoreportajini tomosha qilishingiz mumkin.

Butunlay zamonaviy qiyofa kasb etgan Akademiyada ta'lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. O‘quv auditoriyalari zamonaviy trenajyorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan. 

Akademiyaning ekspozitsiyalar zaliga kirsangiz, milliy armiya hamda qurolli kuchlarimiz tarixiga sayohat qilgandek bo‘lasiz. 

Shuningdek, muhtasham ta'lim maskanida yaratilgan shart-sharoitlar ham zamon talablariga javob bera oladi. O‘quv xonalari, oshxona, sport maydoni, bino tashqarisidagi ko‘rkam bog‘, kursantlar yotoqxonalari shinam va ozoda bo‘lib, u yerda talabalar dam olishi, harbiy amaliyotlarni bajarishi hamda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi mumkin.

 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid