Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutilmagan burilish – Shimoliy Koreyada pullik yo‘llar paydo bo‘ladi
2018 yilning 20 yanvaridan Shimoliy Koreyadagi asosiy avtomagistrallar pullik bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning KXDRdagi elchixonasi "Feysbuk"da xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Pxenyan – Vonsan sayyohlik trassasi ham pullik bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, u yerda toll-geytlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
- Endilikda Shimoliy Koreya poytaxtidan Yapon dengizi qirg‘og‘idagi Vonsan sohilbo‘yiga borishni xohlagan odamlar o‘z yengil mashinasi uchun sakkiz yevro to‘lashi kerak bo‘ladi, - deyiladi diplomatik missiya xabarida.
Vakolatxonadan ta'kidlashlaricha, yangilik ham chet elliklar, ham mahalliy fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.
Tezyurar avtomagistraldan foydalanish uchun yig‘imga to‘lovni amalga oshirish "Mire" elektron hisoblash kartasi yordamida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025