Sport | 18:15 / 18.01.2018
5625
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Real»ning Ispaniya Kubogi o‘yini qaydnomasiga kiritilmadi

Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Krishtianu Ronalduni Ispaniya Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan «Leganes»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi.

O‘yin, 18 yanvardan 19 yanvarga o‘tar kechasi, soat 01:30da boshlanadi.

«Real»ning qaydnomasidan quyidagi futbolchilar joy olgan.

darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Moxa Ramos;
himoyachilar: Daniel Karvaxal, Xesus Valexo, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Teo Ernandez, Ashraf Xakimi;
yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiru, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalos;
hujumchilar: Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Avvalroq, 32 yoshli portugaliyalik klub prezidenti Florentino Peresdan norozi ekanini ochiqchasiga aytgan edi.Uning gapiga ko‘ra, mulozim o‘z va'dasiga muvofiq, futbolchining maoshini oshirmagan.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid