O‘zbekiston | 18:05 / 19.01.2018
30902
2 daqiqa o‘qiladi

Aqto‘beda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyasi yig‘ilish o‘tkazdi

Foto: Qozog‘iston FVV

O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq 2018 yil 18 yanvar kuni favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi shu kuni ertalab Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan hodisa natijasida jabrlangan va halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini vataniga yetkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni hal etish maqsadida Aqto‘be shahriga (Qozog‘iston) keldi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari avtobusdagi yong‘indan omon qolgan hamyurtlar davolanayotgan viloyat intensiv terapiya klinik shifoxonasida bo‘ldi.

Shu kuni Aqto‘be viloyat hokimligida Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi, Investitsiya va rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qozog‘istonning boshqa xizmatlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston delegatsiyasining amaliy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Yerlan Turgumbayevning ma'lumotiga ko‘ra, 32 nafar halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirildi va yong‘inni oldini olish guruhi tomonidan avtobusdagi yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid