Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik ayol o‘z mushugiga 30 ming yevro meros qoldirdi
Italiyada mushuk 30 ming yevro merosga ega bo‘ldi. La Stampa shu haqida xabar berdi.
Sachile shahri (Friuli-Venetsiya-Juliya provinsiyasi)da yashovchi Jyerri ismli mushuk bir necha kun avval hayotdan ko‘z yumgan ayoldan qolgan boylik egasi bo‘ldi. Ayol hayotlik chog‘ida o‘z yaqinlariga mushuk - hayotidagi asosiy mavjudot ekanini qayta-qayta takrorlagan.
Merosga muvofiq, oila a'zolari jonivor o‘zini yomon his qilgan taqdirda uni davolash uchun bor choralarni ko‘rishlari kerak - hatto qimmatbaho buyumlar va antikvariatni sotishgacha.
"Jyerri uning sevimli jonivori edi. U mushukni biz farzandaridan-da ortiq ko‘rardi, - deydi marhumaning qizi. - Biz uning istagini bajo keltirishga majburmiz. U bizni doim barcha tirik mavjudotlarni qadrlashga o‘rgatgan".
Mushukning merosga egalik qilish huquqi kuchga kirdi: uning tasarrufida to‘rt "to‘shak" bo‘lib, doim krevetka (mayda qisqichbaqa)lar bilan oziqlanadi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
23:34 / 26.05.2025
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025