Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga yetib bordi
Bugun, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, avval belgilangan vazifalarning ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
«Surxondaryo viloyati ulkan iqtisodiy imkoniyatlari, geografik va transport salohiyati bilan mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ana shu salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy korxonalar tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, kichik biznes izchil rivojlanmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025