Jahon | 20:10 / 19.01.2018
24346
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda dollarning «qora bozordagi» qiymati oshmoqda ​

Foto: xronikatm.com

Ashxobod shahrida xorijiy valyuta - AQSh dollarining turkman manatiga nisbatan «qora bozordagi» qiymati rekord darajaga yetib keldi. Bu haqda Xronika Turkmenistana nashri xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda 1 AQSh dollari poytaxt «qora bozorida» 11-11,3 manatga teng, deb e'tirof etilmoqda. So‘nggi marta, xorijiy valyutaning turkman puliga nisbatan qiymati o‘tgan yilning dekabr oyida o‘rnatilgan edi: 1 dollar = 10,4 manat.

Nashr e'lon qilgan xabarga ko‘ra, Turkmaniston banklari taqdim etgan xalqaro bank plastik kartochkasidan xorijda har kuni 50 AQSh dollari qiymatida naqd pul yechib olinish mumkinligi aytilgan bo‘lsada, amalda unday emas.

Xorijdan yuborilgan pullar esa o‘z vaqtida egalariga berilmayapti. Gap shundaki, naqd xorijiy valyuta bilan bog‘liq muammo Turkmanistondagi tijorat banklarining ishida muammolar keltirib chiqarmoqda.

Mavzuga oid