Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uchar segvey» sinovdan o‘tkazildi (video)
Fransiyaning Zapata kompaniyasi Zapata Ezfly nomli uchar qurilma sinovlarini o‘tkazdi. Test videosi ishlab chiquvchilarning YouTube-kanalida e'lon qilingan.
Tajribalar Texasdagi ko‘l ustida o‘tkazildi. Kadrlarda ko‘rish mumkinki, sinov ishtirokchilari shlemlar va maxsus kostyumlarni kiyib olgan holda qurilmada navbatma-navbat uchishmoqda.
Ezfly bir nechta reaktiv dvigatelli platforma hamda tutqich bilan jihozlangan, ularning yordamida qurilma boshqariladi. Apparat 3 kilometrlik balandlikka ko‘tarilishi hamda tezlikni soatiga 130 kilometrga qadar yetkazishi mumkin.
- Eslatib o‘tamiz, avvalroq dron ochiq dengizga chiqib qolgan avstraliyalik ikki o‘smirni qutqarishda yordam bergani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025