Video: It va timsoh jangi
Internetda itning 3,5 metr keladigan timsoh bilan jangga kirgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Tegishli kadrlarni ViralHog foydalanuvchisi YouTube’da e'lon qildi.
Videoyozuv muallifi so‘zlariga ko‘ra, hodisa 2017 yilning 23 dekabr kuni Avstraliyadagi Got orolida yuz bergan.
Rolik muallifining aniqlik kiritishicha, u tanishi va orol egasi King Kayning yoniga mehmonga kelgan. Kay esa terer va daryoda yashovchi Keysi laqabli timsohga egalik qiladi.
Orol egasi iti bilan sayrga chiqqanida, u timsohni laqabini aytib chaqirgan. Keysi suvdan chiqib kelib, tirik jo‘jani yegan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Video muallifi so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng it, aftidan, egasiga xavf paydo bo‘lgan, deb hisoblagan va sudralib yuruvchiga hujum qilib, uning dumidan tishlab olgan. Timsoh cho‘chib tushgan va suvga qaytib kirib ketgan.
Mavzuga oid
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
19:32 / 28.11.2024
Kolumbiya politsiyasi 225 tonna kokain va 6 ta «narkosubmarina»ni musodara qildi
18:15 / 21.11.2024
Avstraliyada 16 yoshdan kichkinalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi. Texnologik kompaniyalarga katta jarimalar tahdid solmoqda
14:32 / 16.11.2024