Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya kurdlari Rossiyani turklarning «jinoiy sherigi» deb atadi
Kurdlarning «Xalq o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari» bo‘linmalari (YPG) Turkiyaning Afrindagi harbiy kampaniyasi Rossiya ma'qullovi ortidan ro‘y berdi, deb hisoblamoqda.
«Shu tufayli biz Rossiyani bu hujum uchun teng javobgar deb bilamiz»,— deya kurdlarning bayonotini keltirgan Rudaw nashri.
Bundan tashqari, YPG saytida, kurdlar Rossiyani «Turkiyaning tinch aholi vakillarini o‘ldirishdagi jinoiy sherigi» deb atagan.
20 yanvar kuni Turkiya Bosh shtabi Suriyaning Afrin mintaqasida «Zaytun novdasi» nomli operatsiya boshlanganini e'lon qildi. Turkiya aviatsiyasining dastlabki hujumlari oqibatida Afrinda tinch aholi vakillaridan 7 kishi hamda 3 jangchi halok bo‘ldi.
Turkiya Afringa hujum boshlashi arafasida rossiyalik harbiylar Afrindan Tell-Adjarga ko‘chirilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi buni mintaqada harbiy to‘qnashuvlar kelib chiqishining oldini olish chorasi deb izohlagandi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?
17:31 / 03.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Turkiyada kurd isyonchilari qurolli kurashni tugatmoqda
11:33 / 10.12.2024
Asad rejimi qulagach, Turkiya Suriya shimolida kurdlar bilan jang olib bormoqda
08:32 / 09.12.2024