Jahon | 00:26 / 22.01.2018
14751
1 daqiqa o‘qiladi

Chavusho‘g‘lu fransiyalik hamkasbi taklifiga javob berdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drianning Suriyadagi vaziyat sababli BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini chaqirtirish zarurligi haqidagi bayonotiga javob berdi.

“Agar Fransiya yoki boshqa bir davlat bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘tarsa, u terrorchilar bilan yelkama-yelka turgan davlatga aylanib qoladi. Biz Afrindagi operatsiyamizni BMTda muhokama qilishga zaruratni ko‘rmayapmiz”, deb aytgan Chavusho‘g‘lu.

 

Mavzuga oid