Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Propiska» tizimi tadbirkorga ham ziyon keltirmoqda
Tahririyatimizga kelib tushgan navbatdagi murojaatda aytilishicha, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan, ammo poytaxtda ma'lum bir vazifani bajarib, O‘zbekistondagi bunyodkorlikka hissa qo‘shayotgan ustalarga boshchilik qilayotgan tadbirkor propiska tizimi tufayli ziyon ko‘rmoqda.
«Assalomu Alaykum, Kun.uz!
Men rahbarlik qilayotgan firmani asosiy faoliyat turi qurilish va ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanishdan iborat. Ayni paytda Toshkent shahrida o‘tkazilgan xorijiy davlatlar ishtirokidagi tenderda valyuta hisobida obekt qurilishi loyihasini qo‘lga kiritdik. Endi ushbu qurilish obektini boshlashim uchun asosiy ishchi kuchini, quruvchi-usta, mutaxassislarni viloyatlardan chaqiraman. Kuni kecha qurilish obektida qolgan qorovulimizga hududdagi uchastka noziri kelib, protokol tuzib, «eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdorida jarima yozaman», deb ketibdi.
Ushbu qurilish firmamizda 150 nafardan ortiq quruvchi xizmat qiladi. Agar shuncha mutaxassisni Toshkent shahriga olib kelsamu, har biriga 520 000 dan jarima yozsa, meni va mutaxassislarimni Toshkent shahrida ishlashi foydadan ko‘ra zararga oshno qiladi», deb yozilgan murojaat matnida.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasida joriy yilning 1 apreliga qadar mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma'muriy javobgarligi bekor qilinishi nazarda tutilgandi. Bundan tashqari, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun ma'muriy jazo choralarini yengillashtirish ham nazarda tutilishi mumkin. Tizimdagi eng katta o‘zgarishlardan biri sifatida - fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish amaliyoti joriy etilishi kutilmoqda.
Kun.uz bu mavzuga yana qaytadi.
Mavzuga oid
15:42 / 29.06.2024
“Elektroset” ogohlantirmasdan svetni o‘chirsa, javobgarlikka tortish taklif etilmoqda - biznes ombudsman
08:08 / 10.06.2024
Toshkentda tadbirkorning 325 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi
19:38 / 08.06.2024
Yakuniy benefitsiarlarni ochiqlash haqidagi qonun taqdiri nima bo‘ldi?
19:32 / 19.03.2024