Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «halol» standarti joriy qilinadi
O‘zbekistonda eksportni va turizmni rivojlantirish maqsadida maqbul agrokultura amaliyoti (Global G.A.P.), «halol» va «kosher» standartlari qabul qilinadi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan bugun qabul qilingan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturida ko‘rsatilgan.
Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.
O‘zbekistonda «halol» standarti joriy etilishi haqida bundan avval ham «O‘zstandart» agentligi rasmiysi ma'lum qilgandi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, «halol» standartlari Malayziya va Turkiyadan olib kelinib, ixtiyoriy tarzda joriy qilinishi rejalashtirilgan.