Light | 23:17 / 23.01.2018
27057
6 daqiqa o‘qiladi

Atrofda hamma betob bo‘lsa, nima qilish kerak?

Foto: Medicmap

Biz shamollash deb ataydigan kasalliklar sovuq tufayli emas, viruslar natijasida yuzaga keladi. Kichik virus zarrachalari organizmga tushib, ko‘paya boshlaganida kasal bo‘lamiz: tana haroratimiz oshadi, tomog‘imiz og‘riydi, holsizlik, tumov va yo‘tal paydo bo‘ladi. Sog‘liqni saqlashning eng yaxshi yo‘li — viruslar bilan imkon qadar kamroq aloqada bo‘lish. Buning uchun oddiy profilaktika usullari mavjud.

1. Qo‘lingizni ko‘proq yuving

Asosan burun va tomoq aziyat chekuvchi shamollashning qo‘llarga aloqasi yo‘qdek tuyuladi go‘yo. Aslida esa - to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bor. Viruslar turli yuzalarga, shu jumladan qo‘llarga joylashib olib, osonlikcha organizmga tushishi mumkin.

Shunday ekan, himoyalanishning asosiy qoidasi: ko‘chadan keldingizmi, qo‘llaringizni yuving.

Agar qo‘l ostingizda sovun yo‘q bo‘lsa, qo‘llarga mo‘ljallangan spirt asosidagi antiseptik gel yoki nam salfetkalardan foydalaning.

2. Xonalarni shamollating

Foto: Depositphotos

Havo — virus zarrachalari insondan insonga o‘tuvchi muhit. Bu agar havo tozalansa, ifloslanish xavfi kamayadi demakdir.

Havoni dezinfeksiya qilishning eng oson usuli — uni shamollatish. Inshootdagi viruslar konsentratsiyasi kamayishi uchun derazani ochishning o‘zi kifoya.

Agar uyingizda UB-lampa bo‘lsa, undan foydalanishni unutmang, zero ultrabinafsha nurlar inshoot havosini tozalashga yordam beradi. Faqat albatta qo‘l ostingizdagi qurilma qo‘llanmasiga rioya qiling va xavfsizlik haqida unutmang.

3. Namlantiruvchi tozalash ishlarini o‘tkazing

Viruslar uydagi changlarda bir necha kunlab yashashi mumkin. Namlikni saqlashga doir oddiy tozalash ishlari ularning miqdorini qisqartirishga yordam beradi.

Shuning uchun hech bo‘lmaganda, ikki kunda bir uyda namlantiruvchi tozalash ishlarini o‘tkazing.

Biz ko‘p vaqtimizni ishda o‘tkazamiz, u yerda ham virus yuqishi hech gap emas. Shunday ekan, ish joyida ham tozalik va namlikka rioya qilish kerak: ertalab va kechqurun ofis stolini arting.

Bolalar ishga borishmaydi, biroq ko‘p holatlarda maktabda viruslarga duch kelishadi. Bolaga qo‘lini ko‘proq artishi va biryo‘la partasini tartibga keltirishi uchun nam salfetka pachkasini berib qo‘ying - bu oz bo‘lsa-da, shamollash xavfini kamaytiradi.

4. Gadjyetlar haqida unutmang

Foto: Depositphotos

Tadqiqotlarga ko‘ra, smartfon — eng iflos predmetlardan biri. Telefon korpusida chang, bakteriyalar va albatta, viruslar bo‘ladi. Barcha oila a'zolaringizdan mobil gadjyetlarni yig‘ib chiqing-da, ularning yuzasini texnika uchun maxsus nam salfetkalar bilan artib chiqing, salfetkalarga qo‘lni dezinfeksiyalovchi geldan tomizing. Bu ishni muntazam qilib turish kerak, xavfli mavsumda esa buni har kuni qilgan ma'qul.

5. Shilliq qavatlarni namlab turing

Burun, og‘iz va tomoqning shilliq qavatlari infeksiyalar yo‘liga to‘siq bo‘ladi. Shilliq qavatlar qurib ketganida ular o‘z funksiyasini uddalay olmaydi va virus hech qanday to‘siqsiz organizmga kirib boradi. Shilliq qavatlar yaxshi ishlashi uchun namlantiruvchi tuzli suv aralashmasidan foydalaning. Uni sotib olish ham, uyda tayyorlash ham mumkin. Buning uchun bir litr qaynagan suvda bir choy qoshiq (to‘ldirmasdan) tuzni eriting. Ushbu aralashma bilan kuniga bir necha marta burunni yuvish mumkin, bunda oldindan ignasi olingan shprits yordam beradi.

Shamollashni qanday qilib tezkor davolash mumkin?

 

Foto: Depositphotos

Viruslardan mutlaq himoya yo‘q, shunday ekan, barcha choralarga qaramay, ularni yuqtirib olishingiz ehtimoldan xoli emas. Aytishlaricha, shamollash bir haftada o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi, agar hammasi shunchalik oson bo‘lganida kasallik asoratlaridan aziyat chekishga to‘g‘ri kelmasdi. Shuning uchun har qanday shamollashni davolash kerak.

  1. Dastlab aniq tashxis qo‘yish va tavsiya olish uchun shifokor chaqirtiring;
  2. Ko‘proq iliq suyuqlik iching. Holdan toygan organizm uchun uy sharoitida quruq mevalardan tayyorlangan sharbat uncha to‘g‘ri kelmaydi — ham mazali, ham foydali;
  3. Ko‘proq dam oling va uxlang, kuch-quvvat infeksiyalarga qarshi kurashishda kerak bo‘ladi;
  4. Yaqinlaringizga virus yuqtirmaslik uchun tibbiyot niqobini tutib yuring. Faqat uni har ikki soatda almashtirish kerakligini unutmang, aks holda u himoya vositasidan infeksiya manbaiga aylanadi;
  5. Yodingizda bo‘lsin, nafaqat kasallikning yoqimsiz belgilari bilan, balki uning sababi bo‘lgan virus bilan ham kurashish kerak.

O‘ylaymizki, yuqoridagi oddiy maslahatlar atrofda hamma kasal bo‘lsa ham, sog‘lig‘ingizni saqlab qolishga yordam beradi.

Mavzuga oid