O‘zbekiston | 13:20 / 23.01.2018
42901
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning rafiqasi va Sharof Rashidovning qizi Nukusga keldi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova Nukus shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Ayni paytda mehmonlar Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatrida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishmoqda.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Cariyev so‘zga chiqqan. 

Mavzuga oid