Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej o‘quvchisi 14,5 mln so‘m pulni o‘marib ketdi
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 19 yanvarga o‘tar kechasi noma'lum shaxs X.Orif MFY Shofirkon shoh ko‘chasida joylashgan “Asl Standart” MChJga qarashli spirtli ichimliklar do‘koniga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerda 14.500.000 so‘m pul va 4 dona salqin ichimliklarni o‘g‘irlab ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Savrak MFY Sarvak ko‘chasida yashovchi, Maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 1-kurs o‘quvchisi, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.N. sodir etganligi aniqlanib, u ushlangan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025