Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yangi “Buyuk devor” paydo bo‘ladi
Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor viloyatida yangi “Buyuk devor” paydo bo‘ladi. Bu haqda viloyatning raisi Shuhrat Zokirga iqtibos keltirgan holda China Daily nashri xabar bermoqda.
Devor davlat chegarasida barpo etiladi. Zokir 5,7 ming km.ga teng chegara xavfsizligini kuchaytirish istagini “xorijdan ekstremizm, ayirmachilik va terrorchilik unsurlarining kirib kelishidan himoyalanish zarurati” bilan tushuntirgan.
“Biz muhim viloyatlarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta'minlashda hech qanday tirqishlar yoki ilg‘anmas joylar qolmasligi uchun barcha imkoni bor ishni qilamiz”, deb aytgan Zokir Urumchidagi kongressda.
Zokirning qo‘shimcha qilishicha, viloyat rahbariyati xavfsizlik maqsadida internet ustidan nazoratni kuchaytiradi va chegaraoldi hududlari infratuzilmasini yaxshilaydi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025