Jahon | 09:38 / 25.01.2018
17586
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar birinchi marta maymunni klonlashtirishdi

Xitoylik olimlar birinchi marta bitta martishka (makakalar turiga mansub, uzun dumli kichik maymun)dan ikkita to‘laqonli klon o‘stirishning uddasidan chiqishdi. Bu haqda Cell jurnalida e'lon qilingan maqolada aytiladi.

Ta'kidlanishicha, olimlar «Dolli qo‘yini» klonlashtirish uchun qo‘llanilgan uslubdan foydalanishgan.

Hayvonlar somatik hujayradan yadroni ko‘chirish yordamida klonlashtirilgani aytilmoqda.

Foto: China Xinhua News
Foto: China Xinhua News
Foto: China Xinhua News
Foto: China Xinhua News

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, jarayonning muvaffaqiyatli chiqishiga yadroni o‘tkazish uslubi takomillashtirilgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, ular fermentlar va RNK molekulalaridan iborat bo‘lgan maxsus «kokteyl»ni ishlab chiqishdi, u DNK oqsil qoplamasini zararlardan himoya qilgan va tuxumhujayrani yangi yadro kiritilganidan so‘ng bo‘linishga majburlagan.

Avvalroq, Xitoyning yirik klinikalari mamlakatning moslashuvchan qonunchiligi tufayli 2015 yildan buyon CRISPR/Cas9 usuli yordamida inson genomini o‘zgartirishga doir tajribalarni o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid