Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovni tabrikladi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga prezident etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.
«Hurmatli prezident, 2018 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga prezident etib saylanganingiz munosabati bilan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi nomidan eng samimiy tilaklarimni izhor qilishga ijozat bergaysiz.
To‘rt yillik muddat siz uchun muvaffaqiyatli va omadli kelishiga tilakdoshman. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik davom etishiga ishonadi va buning uchun siz rahbar etib saylangan MOQ oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishida, uning kundalik faoliyatida sizning ixtiyoringizda bo‘ladi» deyiladi XOQ prezidenti tabriknomasida.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi
23:37 / 20.03.2025