Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda qurbonlar soni 95 kishiga yetdi
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi diplomatik mavzeda ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi, yana 158 inson jabrlandi. Bu haqda 1TV telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Portlash shanba kuni Kobulning Vazir-Akbar-Xon mavzesida ro‘y berdi, u yerda xorijiy davlatlar elchixonalari hamda hukumat binolari joylashgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, portlashni minalashtirilgan tez yordam avtomobilidagi xudkush terrorchi uyushtirgan. IIV rahbari o‘rinbosari terakt bilan aloqador bo‘lgan to‘rt kishi hibsga olinganini xabar berdi. “Tolibon” radikal harakati portlash uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobuldagi portlash oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 140 dan ortiq inson jarohatlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025