Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyadagi eng taniqli taksi - 350 ot kuchiga ega hot-hetchdir
Norvegiyalik taksichi, Odda kommunasida istiqomat qiluvchi Evald Yastad jonajon shaharchasida shu bilan mashhur bo‘ldiki, u Ford Focus RS qayta ishlangan hetchbekida yo‘lovchilarni tashiydi. Uning ish faoliyatidan hikoya qiluvchi rolik Ford’ning Yevropadagi ofisi YouTube kanalida joylashtirilgan, deb yozadi motor.ru.
Odda — turistlar orasida mashhur go‘sha. U yerda xususan, mamlakatning eng mashhur osori-atiqalaridan biri — “Troll tili” qoyasi joylashgan. Har kuni ertalab Yastad o‘z o‘g‘ilchasini uyidan 16 km narida joylashgan bolalar bog‘chasiga eltib qo‘yib, so‘ngra turistlar va mahalliy yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadi.
Kuzovining yorqin ranglari va mashina dinamikasi tufayli Yastadning mashinasini «Moviy chaqmoq” deb atashadi, turistlar tufayli bu laqab mamlaktdan tashqarida ham ommalashgan. Bir yarim yil ishlashi mobaynida hot-hetch 127 ming kilometr yo‘l bosgan.
Ford Focus RS 2,3 litrlik, EcoBoost oilasiga mansub turbomotor bilan jihozlanadi. Uning quvvati 350 ot kuchiga teng, aylantiruvchi momenti esa 440 Nm. 100 km/soat tezlikka to‘liq uzatmali hetchbek 4,7 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 268 kilometr.
Mavzuga oid
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi
22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin
16:49 / 15.02.2025