Jamiyat | 00:06 / 27.01.2018
23772
2 daqiqa o‘qiladi

Tojik rejissyori Baqo Sodiqovga O‘zbekiston fuqaroligi berildi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tojik va o‘zbek kinorejissyori Baqo Sodiqovga O‘zbekiston fuqaroligi berildi.

“2018 yil 26 yanvarda Baqo Qodirovich Sodiqovga tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topshirildi. Pasportning topshirilishi marosimi Toshkent shahri hokimiyatida bo‘lib o‘tdi”, deb ma'lum qildi yozuvchi va rejissyorning do‘sti Muhiddin Mahmudov.

Baqo Sodiqov sobiq ittifoq, tojik va o‘zbek kinorejissyori bo‘lib, 1997 yildan beri oilasi bilan O‘zbekistonda yashab keladi.

Sodiqov sobiq ittifoqdagi mualliflik kinosining asoschilaridan biri bo‘lib, Moskva va Toshkentda o‘qigan, Tojikiston va O‘zbekiston studiyalarida filmlar suratga olgan.

Unga “Adonis – XIV”, “Quyun”, “Imom al-Buxoriy" filmlari mashhurlik keltirgan.

1991 yildan 1997 yilgacha tojikistonlik, o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik kinematograflar bilan hamkorlikda bir nechta filmlar suratga olgan. Bu filmlar orasida “Josus”, “Orol”, “Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” filmlari bor.

Mavzuga oid