Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi klubda otishma oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning Fortaleza shahridagi klublardan birida sodir etilgan otishma oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Todo Noticias telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani, 6 kishi yaralangani ma'lum qilingan.
Voqea 27 yanvar ertalab shaharning kambag‘al tumanida yuz bergan. Qurollangan shaxslar klubga 3 ta mashinada kelishib, uning ichki hovlisida betartib otishma sodir etishgan. Ularning soni noma'lum. “Ba'zilarning aytishicha, birdan o‘nlab odamlar paydo bo‘lgan. Boshqalarning aytishicha, qurollangan jinoyatchilar umumiy hisobda 15 kishi bo‘lgan”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, hujumga giyohvand moddalar bilan bog‘liq ziddiyatlar sabab bo‘lishi mumkin. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qurbonlarining ko‘pchiligini ayollar tashkil etgan.
Politsiya vakili Andre Kostaning aytishicha, hujum “yaxshi tashkillashtirilgan va rejalashtirilgan bo‘lgan”. Uning ta'kidlashicha, bosqinchilar “Guardianes del Estado” guruhi a'zolari bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
20:37 / 12.05.2025