Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda elektromobillar savdosi bir yil ichida 1,5 barobarga oshdi
2017 yilda elektr dvigatelli avtomobillar savdosi 2016 yilgiga nisbatan 57 foizga oshdi hamda 1,2 mln donaga yetdi va bu yangi rekord natija hisoblanadi.
Elektrokarlar savdosi bo‘yicha qatorasiga 2-marta Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu yerda o‘tgan yil elektromobillar savdosi 72 foizga o‘sib, 602 ming donaga yetgan. Yevropa Ittifoqida 2017 yilda 307 mingta (2016 yilga nisbatan 38 foiz ko‘proq), AQShda esa 200 mingtaga yaqin (2016 yilga nisbatan 27 foiz ko‘proq) elektrokar sotilgan.
Elektrokarlar bozori o‘sishining eng yuqori sur'atlarini quyidagi davlatlar namoyish qilgan:
Islandiya (+248%);
Sloveniya (+166%);
Yaponiya (+149%);
Portugaliya (+126%).
Prognozlarga ko‘ra, agar elektrokarlar bozori o‘sish sur'ati shunday saqlanib qolsa, 2018 yilda 1,9 mln taga yaqin elektromobil va plagin-gibridlar sotiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025