Jahon | 15:10 / 28.01.2018
8497
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyadagi muvaffaqiyatlari haqida ma'lum qildi

Foto: Reuters

Turkiya bosh shtabi Afrindagi harbiy amaliyotlar boshlanganidan buyon 484 nafar kurd jangarisi yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi.

Anadolu agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, havodan kurdlarning pozitsiyalariga berilgan zarbalar orqali «Demokratik ittifoq» kuchlarining yashirin qurol-yarog‘ omborlari yo‘q qilingan.

«Harbiy amaliyotlarda ishtirok etayotgan barcha 7 samolyot aerodromlarga qaytdi», — deyilgan bosh shtab bayonotida.

Bundan avvalroq Afrindagi manba Turkiya aviatsiyasi hujumlari oqibatida 89 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid