Sport | 11:00 / 29.01.2018
6770
2 daqiqa o‘qiladi

«Espanol» himoyachisi het-trik qildi. Ikkita gol – o‘z darvozasiga

Foto: La Liga

«Espanol» himoyachisi Mario Ermoso Primera doirasida «Leganes»ga qarshi kechgan va jamoasining 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan o‘yinda 3ta gol urdi.

Ammo u gollardan ikkitasini o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llagan. Ushbu 22 yoshli ispaniyalik futbolchi 11- va 82-daqiqalarda avtogollarga mualliflik qilgan, 88-daqiqada «Leganes» darvozasini ishg‘ol qilgan.

Shu tariqa, Ermoso primerada bunday ko‘rsatkich qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Liga tashkil etilgan 1928 yildan buyon bir futbolchi o‘z darvozasiga ikki gol va raqib darvozasiga bir gol urishi hali kuzatilmagandi.

Foto: Skrinshot

11-daqiqada Ermoso birinchi avtogolni urdi (YouTube).

82-daqiqada – ikkinchisi (YouTube).

88-daqiqada u raqiblar darvozasini ham ishg‘ol qildi, ammo kech bo‘lgandi, «Espanol» 2:3 hisobida yutqazdi (YouTube).

Ermoso – Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u o‘tgan yil yozida «Espanol»ga o‘tgandi. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, uning transferi «Espanol»ga 400 ming yevroga tushgan.

Foto: La Liga

Mavzuga oid