Jamiyat | 12:00 / 30.01.2018
25587
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda erkak sobiq xotinini o‘ldirdi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 26 yanvar kuni soat 13:45larda Sherobod tumani Katta hayot mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan I.E. “Xo‘jgi” mahallasida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i, 1991 yilda tug‘ilgan D.M.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.M. voqea joyida vafot etgan. I.E. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid