Jahon | 21:10 / 01.02.2018
8842
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida ayollarga restoranlarda ishlashga ruxsat berildi – OAV

Saudiya Arabistonida tez orada ayollar umumiy ovqatlanish sohasida ishlashni boshlaydilar, deb xabar bermoqda Khaleej Times nashri.

Dastlabki bosqichda ayollar mamlakatning 16 restoranida sinov muddati bilan ishga olinadilar. Shuningdek, restoranlar egalari bilan maslahat kengashi tashkil etiladi, u ayollarning bu sohada ishga joylashishlari strategiyasini muhokama qiladi. 

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida ayollar o‘rtasida ishsizlik 33 foizni, umumiy ishsizlik esa 12 foizni tashkil qiladi.

Avvalroq qirollikda ayollar muayyan shartlar bilan ma'lum sohalardagina ishlashlari mumkin bo‘lgan. Ayollarning boshqa sohalarda ishtiroklarini kengaytirish Saudiya Arabistoni hukumatining “Vision 2030” nomli iqtisodiy islohotlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu strategiyaga ko‘ra, ayollarning mehnat bozoridagi hissasini 2030 yilgacha 30 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid