Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Su-25 samolyoti urib tushirilishi videosi paydo bo‘ldi (video)
“Hayat tahrir ash-Shom” guruhi (avvalgi “Jibhat an-Nusra”) 3 fevralda Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda ekstremistlar axborot faolligini monitoring qiluvchi SITE sayti ma'lum qildi.
Shunday ma'lumotlar Al-Arabiya telekanalida ham paydo bo‘lgan. Biroq bu ma'lumot haqiqiyligining hech qanday isboti keltirilmagan.
Rossiya harbiy-havo kuchlarining harbiy samolyoti 3 fevralda Idlib viloyatida urib tushirilgan. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan, biroq jangarilar bilan jangda halok bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchining ismi Roman Filippov bo‘lgan. Rossiya mudofaa vazirligida aytilishicha, samolyot zenit-raketa majmuasidan urib tushirilgan. Keyinroq Rossiya aviatsiyasi raketa otilgan hududga javob zarbasi bergan. Buning oqibatida 30 dan ko‘proq jangari yo‘q qilingan.
AQSh ushbu voqeadan keyin Suriyadagi ittifoqdoshlarini bunday qurol bilan ta'minlanmasligini aytishga tushgan.
Rossiya mudofaa vazirligida Pentagon tomondan AQShning Suriyadagi ittifoqdosh tuzilmalarga zamonaviy qurolning nazoratsiz yetkazilishi Turkiya tomondan Idlibda amaliyot o‘tkazilishiga sabab bo‘lgani aytilgan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, “AQShning Suriyadagi bunday mas'uliyatsiz harakatlari vaziyatni tinchlik bilan hal qilish jarayoniga putur yetkazadi va Suriyaaro muzokaralarga to‘sqinlik qiladi”.
Mavzuga oid
12:58 / 22.12.2024
Yangi Suriya qanday bo‘ladi: Idlib ko‘chalaridan qiyos
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
16:09 / 05.12.2024
«Avval bin Lodinga taqlid qilgan, keyin kostyum kiyib olgan» - Asad rejimiga qarshi kuchlar yetakchisi haqida
19:51 / 04.12.2024