Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada vazirning iltimosi bilan qo‘pol robotni qayta dasturlashdi
Turkiyada mahalliy muhandislar tomonidan yaratilgan Sanbot roboti qayta dasturlandi. Bu u transport, kemasozlik va aloqa vaziri Ahmad Arslonning chiqishi davomida uning so‘zlarini bir necha marta bo‘lib qo‘yganidan so‘ng yuz berdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, vazir Xavfsiz internet kunida Anqaradagi ilm-fan va texnologiyalar markazida chiqish qilgan. Robot esa tadbirda boshlovchi bo‘lgan. Mashina vazirning nutqi davomida bir necha marta uni bo‘lib qo‘ydi hamda sekinroq gapirishga chaqirdi.
«Hamkasblar, kimdir robotni nazorat ostiga olishi kerak. Iltimos, qo‘lingizdan kelgan barcha narsani qilinglar», - deya aytib o‘tdi Arslon.
Gazeta xabariga ko‘ra, avvaliga robotning mikrofoni uzib qo‘yilgan, tadbirdan keyin esa uni qayta dasturlashdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025