Jahon | 20:42 / 08.02.2018
48000
2 daqiqa o‘qiladi

Biz Yerevanni qaytib olishimiz kerak – Ozarboyjon prezidenti 

Foto: kremlin.ru

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ozarboyjon xalqi Armaniston poytaxti Yerevanni o‘ziga “qaytib olishi” kerakligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Yerevan bizning tarixiy yer hisoblanadi va biz, ozarboyjonliklar bu yerlarni qaytarishimiz kerak. Bu bizning siyosiy va strategik maqsad. Biz unga sekin-asta yaqinlashishimiz kerak”, deb aytgan Aliyev “Yyeni Azerbayjan” (Yangi Ozarboyjon) partiyasining 6-qurultoyida.
    
Aliyev yig‘ilganlarni “o‘z tarixiy yerlarini unutmaslikka” chaqirgan.

“Kelgusida bu faoliyatimizning yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim. Bizning tarixiy yerlar – Irevan xonligi, Zagazur, Gayche, buni yoshlarimiz ham, butun dunyo ham bilishi kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.

20-asr boshida Yerevanda deyarli teng miqdorda armanlar va ozarlar yashagan. 

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida ancha yillardan beri Tog‘li Qorabog‘ uchun ziddiyat davom etib keladi.

Ozarboyjonda 11 aprelda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Aliyev o‘z partiyasidan saylovlarga nomzod sifatida taqdim qilingan.

Mavzuga oid