Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2018 yilda qancha ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangani aytildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini amalga oshirish choralari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018 yilda jami 346,79 ming doimiy ish o‘rni tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratish va faoliyatni kengaytirish orqali 168,22 ming ish o‘rni yaratiladi.
Ilgari xususiylashtirilgan tashkilotlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali 19,99 ming ish o‘rni tashkil qilinadi.
46,6 mingdan ortiq kishi qishloq joylarda arzon uy-joylar, ko‘p qavatli uylar va muhandislik infratuzilmasini qurish orqali ishga joylashtirilsa, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish orqali – 10,66 ming.
Taxminan 101,31 ming ish o‘rni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash hisobidan yaratiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025