Sport | 07:48 / 09.02.2018
22541
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» finalga chiqdi

«Barselona» Ispaniya Kubogining yarim finalida «Valensiya» qarshiligini sindirdi. «Mestalya»da kechgan javob uchrashuvi mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi gol 49-daqiqada «Barselona»ning yangi a'zosi Filippe Koutino tomonidan urildi, uni Luis Suares golli pas bilan ta'minladi. Qayd etish kerakki, bu braziliyalik xavbek uchun Kataloniya jamoasidagi debyut gol bo‘ldi.

82-daqiqada Ivan Rakitich g‘alabani mustahkamlovchi golni urdi, unga ham Suares assistentlik qildi. 

Jamoalarning birinchi uchrashuvida «Barselona» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra kataloniyaliklar Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi. Bosh sovrin uchun jamoa «Sevilya»ga qarshi maydonga chiqadi.

Ispaniya Kubogi
1/2 final
Javob o‘yinlari

Valensiya – Barselona 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 49 Koutino, 0:2 – 82 Rakitich.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Montoyya, Garay (Ruben Vezu, 71), Parexo, Kondogbia, Koklen (Gonsalu Gedesh, 55), Rodrigo (Soler, 55), Vetto, Dzadza.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike (Mina, 83), Alba, Andre Gomesh (Koutino, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Rodrigo (34), Dzadza (75), Parexo (90).
Birinchi o‘yin: 0:1

Mavzuga oid