Jahon | 22:05 / 09.02.2018
3856
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp federal byudjyet to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp hukumat idoralarini moliyalashtirish muddatini 23 martgacha uzaytirib, 2018-2019 moliyaviy yil uchun federal byudjyet to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi.

"Hozirgina qonun loyihasini imzoladim. Endi har qachongidan kuchli bo‘lamiz. Biz o‘z armiyamizni yaxshi ko‘ramiz va unga ehtiyoj sezamiz, biz unga hatto keragidan-da ortig‘ini berdik. Bu uzoq vaqt ichida birinchi marta ro‘y berdi. Shuningdek bu ishchi o‘rinlari, ishchi o‘rinlari va yana bir marta ishchi o‘rinlari degani!", - deb yozdi prezident o‘zining Twitter sahifasida. 

Qonun loyihasi senat va AQSh kongressi vakillari palatasi tomonidan qabul qilingandan so‘ng davlat rahbariga imzolash uchun taqdim etilgan.

Donald Tramp qonun loyihasini "armiya uchun katta g‘alaba", biroq demokratlar ovoziga ega bo‘lish uchun katta xarajatlar, deb atadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid